Rossiyadan oltita medal bilan
9-11 fevral kunlari Rossiyaning Podolsk shahrida Sobiq ittifoq chempioni V.G.Ivlev sovrini uchun o‘ninchi xalqaro musobaqa o‘tkazildi. Sovrinlar uchun Rossiya, Turkiya, Belarus hamda O‘zbekistondan sportchilar gilamga chiqishdi.