O‘zbekiston – Osiyoning eng zo‘r jamoasi!

Osiyoning eng zo‘r bokschilarini aniqlovchi “The Best of the Asians-2017” ovoz berish jarayoni yakunlandi. Unda 14 toifa bo‘yicha g‘oliblar e’lon qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi ovoz berish jarayoni Osiyo boks konfederatsiyasining katta yutug‘i bo‘ldi.
O‘zbekiston “The Best of the Asians-2017” marosimida ko‘plab nominatsiyalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
69 kilogrammgacha vazn toifasida mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilgan Shahram G‘iyosov yilning eng yaxshi erkak bokschisi (The Best Asian Man Elite Boxer) sifatida tan olindi. G‘iyosov 2017 yilda AIBA versiyasi bo‘yicha jahon chempioni (Gamburgdagi jahon chempionatida) va ASBC versiyasi bo‘yicha Osiyo chempioni (Toshkentdagi Osiyo chempionatida) bo‘lgandi.
2017 yilning eng yaxshi osiyolik bokschisi
nominatsiyasida Top-3 ro‘yxati:
1. Shahram G‘iyosov (O‘zbekiston) - 57,2 foiz;
2. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - 32,8 foiz;
3. Qayrat Yeraliyev (Qozog‘iston) - 6,1 foiz.
2017 yilning eng zo‘r yosh bokschilari
(Best Asian Men's Youth Boxers-2017):
1. Sachin Sivach Singx (Hindiston) - 36,2 foiz
2. Rajabboy Otanazarov (O‘zbekiston) - 34,4 foiz
3. Hayato Sutsumi (Yaponiya) - 23,5 foiz.
Osiyoning o‘smirlar o‘rtasidagi eng yaxshi bokschisi
(Best Asian Men's Junior Boxers-2017):
1. Sara Tanaka (Yaponiya) - 43,2 foiz;
2. Javlonbek Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) - 42,6 foiz;
3. Beybars Jeksen (Qozog‘iston) - 5,1 foiz.
WSB yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi osiyolik bokschi
(Best Asian WSB Boxers-2017):
1. Aslanbek Shimberganov (Qozog‘iston) - 36,8 foiz;
2. Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - 30,5 foiz;
3. Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston) - 19 foiz.
Yil kashfiyoti (Asian Discovery of the Year-2017):
1. Husin Al-Masriy (Suriya) - 33,9 foiz;
2. Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - 32,7 foiz;
3. Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) - 20,1 foiz.
Osiyoning eng yaxshi murabbiylari (Best Asian Coach-2017):
1. Xirokuni Moto (Yaponiya) - 41,3 foiz;
2. Hamid Tangriboyev (O‘zbekiston) - 39,8 foiz;
3. Santyago Niyeva (Hindiston), Qayrat Satjonov (Qozog‘iston) - 6,2 foizdan.
Osiyoning eng yaxshi ITO'lari (Best Asian ITO-2017):
1. Lenni D'Gama (Hindiston) - 45,5 foiz;
2. Dilshod Qozoqov (O‘zbekiston) - 41,3 foiz;
3. Viktor Kim (Qozog‘iston) - 5,5 foiz.
Osiyoning eng yaxshi hakamlari (Best Asian R&J-2017):
1. Nelka Shiromala (Shri-Lanka) - 32,6 foiz;
2. Aleksandr Hamidov (O‘zbekiston) - 31,9 foiz;
3. Yermek Suyenish (Qozog‘iston) - 6,7 foiz.
Osiyoning eng yaxshi milliy federatsiyasi
(The Best Asian National Federation-2017):
1. O‘zbekiston boks federatsiyasi - 91 foiz;
2. Tailand boks assotsiatsiyasi va Filippin boks alyanslari assotsiatsiyasi - 3,6 foizdan.
ASBC prezidentining maxsus mukofoti Afg‘oniston boks federatsiyasiga topshirildi.

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (71)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.04.2018 | 15:13

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169