Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Nukusda bunyod etilgan ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi

Mamlakatimizning boshqa shaharlari qatori Nukus shahri qiyofasi ham yildan-yilga go‘zallashib, zamonaviy turar joylar, istirohat bog‘lari, sport majmualari bunyod etilmoqda. Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukusda yangi qurilgan Olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorati maktabi faoliyati bilan tanishdi.
Sportning erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika, dzyudo, taekvondo, boks, qilichbozlik, badiiy gimnastika singari 11 turi bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan yangi sport majmuasini bunyod etish uchun 15 milliard so‘mlikka yaqin qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan 7 sport zali, yotoqxona, oshxona, mashg‘ulotlar uchun sun’iy qoplamali sport maydonchalarida 700 dan ziyod o‘g‘il-qiz sport bilan muntazam shug‘ullanishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, ushbu sport kompleksi yuqorida qayd etilgan sport turlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston terma jamoalari o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazadigan bazaga aylantiriladi. Ushbu majmua o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari uchun yaratilgan imkoniyatlari bo‘yicha mamlakatimizda yagona hisoblanadi.
Prezidentimiz majmuada mashg‘ulotlarda ishtirok etayotgan yosh sportchilar bilan muloqot qildi.
- Avvalambor, shunday zamonaviy sport inshooti bilan sizlarni tabriklayman. Bu maskanda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoit yaratilgan. Endi shu imkoniyatlardan samarali foydalanib, yuksak natijalarga erishish kerak, - dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari majmua­da Qoraqalpog‘iston sport murabbiylarining malakasini oshirish markazini tashkil etish, mashg‘ulotlarni samarali o‘tkazish yuzasidan topshiriqlar berdi.
Shu yerda Prezidentimiz nomidan nufuzli turnirlar g‘olib va sovrindorlari og‘ir atletikachi Rustam Jangaboyevga uy, dzyudochi Elyor Masharipovga “Malibu” avtomobili, qilichboz Zaynab Dayibekovaga “Nexia” mashinasi berildi. Mashg‘ulotlarga qatnashayotgan boshqa yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Prezidentimiz yengil atletikachi qizaloqlar bilan muloqotda “Eng avvalo, barcha qilayotgan ezgu amallarimiz siz, aziz farzandlarimizning yorug‘ kelajagi uchun”, degani e’tiborga molik.

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (69)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
20.04.2018 | 16:43

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169