O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan

22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e’lon qilindi.  Davlatimiz rahbari mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqeaga aylangan ushbu Murojaatnomada ko‘plab muhim jabhalarni to‘laqonli va chuqur tahlil qilib chiqqanlari e’tiborga molik. Ana shu tarixiy nutqdan sport jamoatchiligiga bevosita dahldor ayrim iboralarni keltirib o‘tmoqdamiz.
Avvalo, yil davomida mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni bajarish uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlari safarbar etilganini ta’kidlash joiz.
Bu borada «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim qadam bo‘ldi desak, ayni haqiqat bo‘ladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu o‘zgarishlarning dastlabki natijalari aholimiz hayoti va kundalik turmushida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda, el-yurtimizning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi o‘sib bormoqda.
2017 yil jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ham katta ishlar qilindi. Yurtimiz yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari barchamizni quvontirmoqda. Jahon va qit’a miqyosida yangi-yangi chempionlar, shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeysterlar yetishib chiqmoqda.
Yakuniga yetib borayotgan yilda o‘zbekis­tonlik sportchilar boks, dzyudo, taekvondo, og‘ir atletika, erkin kurash, sambo bo‘yicha o‘tkazilgan turli xalqaro musobaqalarda salmoqli yutuqlarga erishdilar. 2017 yil ayniqsa o‘zbek milliy kurashi tarixida yorqin sahifa bo‘ldi. Sentyabr oyida Turkmanis­tonda bo‘lib o‘tgan Osiyo olimpiya kengashi Bosh assambleyasi yig‘ilishida ushbu milliy sport turini Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritish haqida qaror qabul qilindi. Ya’ni 2018 yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII Osiyo o‘yinlarida qit’amiz sportchilari o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha ham o‘zaro bellashadilar. Endi jahon sport maydonlarida «halol», «g‘irrom», «chala», «yonbosh» degan so‘zlar jaranglab, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini dunyoga tarannum etadi.
Ayni vaqtda biz O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining faoliyatini takomillashtirish ustida ish olib bormoqdamiz. Bo‘lg‘usi xalqaro olimpiada o‘yinlari va boshqa nufuzli musobaqalarga tayyorgarlik ishlari endi butunlay yangicha asosda yo‘lga qo‘yiladi.
Bugun, mana shu yuksak minbardan turib, barcha sportchi yoshlarimizga, ularning ustoz va murabbiylariga milliy sportimizni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari uchun katta minnatdorchilik bildirib, yangi zafarlar tilashga ruxsat bergaysiz.

 

Qaysi sportchining muhlisisiz? (42)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.01.2018 | 16:18

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169