Zaynab Dayibekova: Ishonchni oqlashga harakat qilaman

Bir necha kun muqaddam O‘zbekis­ton Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘is­ton Respublikasiga tashrif buyurgan edi. Davlatimiz rahbari ushbu tashrifi vaqtida sportchilarni taqdirlagani haqida xabar bergan edik. Jumladan, qilichbozlik bilan shug‘ullanib kelayotgan Zaynab Dayibekovaga "Neksiya" avtomashinasi tuhfa qilindi. Ushbu quvonch­li voqeadan so‘ng biz Zaynabning taassurotlari bilan qiziqdik.                                    - Muhtaram Prezidentimiz Qoraqalpog‘is­ton Respublikasiga borganlarida menga "Neksiya" avtomashinasini sovg‘a qildilar. Ushbu kichik xizmatlarimni inobatga olib, mana shunday taqdirlaganliklaridan judayam xursandman. Qolaversa, yaqinda Qoraqalpog‘istonda qilichbozlik majmuasi qurildi. Bularning barchasi uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildiraman. Ishonchni oqlab, Osiyo o‘yinlari, jahon chempionatlari va Olimpiada o‘yinlarida sovrindor bo‘lishga harakat qilaman.
2017 yil mobaynida sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida fahrli uchinchi o‘rinni egalladim. Undan tashqari Bolgariyadagi jahon chempionatida, Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatida ishtirok etdim.
Kirib kelayotgan 2018 yil bilan hammani tabriklayman. Barchangizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishni tilab qolaman. Yangi yil O‘zbekiston uchun har jabhada omadli kelsin! - dedi Zaynab Dayibekova.

Saytimizning yangi ko'rinishi yoqdimi? (54)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
25.04.2018 | 15:13

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:
  • "Yagona telefon" raqami:
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy 2-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon:
  • Faks:
  • Mo'ljal: Oloy bozori
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169