Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston regbi federatsiyasining hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston regbi federatsiyasi navbatdagi IX hisobot-saylov Konferensiyasini o‘tkazdi. Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat regbi federatsiyasi prezidenti Sodiq Safoyev, federatsiyaning mas’ul xodimlari va delegatlar ishtirok etishd.

Konferensiyani O. Kasimov olib bordi. Kun tartibidan O‘zbekiston regbi federatsiyasi rahbariyati va taftish komissiyasining hisoboti, Federatsiya yangi rahbariyati, shuningdek, Ijroiya qo‘mitasi va taftish komissiyasi a’zolarini saylash va boshqa turli masalalar o‘rin olgandi. Dastlab O‘zbekiston regbi federatsiyasi Bosh kotibi Jasur Artikov qilingan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Ta’kidlash kerak, hisobot davri davomida Federatsiya rahbariyati tomonidan mamlakatimizda regbi sport turini rivojlantirish, uning ommaviyligini oshirish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirildi Jumladan, ortda qolgan vaqt mobaynida Federatsiyaning hududiy bo‘limlari soni 11 taga yetdi. Bunga qadar faqatgina ikkita viloyatda regbi federatsiyasining bo‘limlari faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda qiska muddat ichida harbiy qismlar va batalonlarda regbi bo‘yicha jamoalar tashkil etildi va ular O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bunga misol tariqasida regbi-15 bo‘yicha 2014 yilda Qurolli kuchlar o‘rtasidagi mamlakat I chempionatida faqatgina 10 ta jamoa qatnashgan bo‘lsa, bugungi kunda chempionatning saralash bosqichida 30 ta jamoa ishtirok etganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. O‘zbekiston regbi federatsiyasi 2014 yilda Dunyo regbisi (World Rugby) xalqaro tashkilotining to‘laqonli a’zoligiga qabul qilindi. Federatsiya prezidenti S. Safoyev esa Osiyo regbi federatsiyasi (ARFU) Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida navbatdagi rotatsiyaga qadar, bir yil muddat davomida faoliyat ko‘rsatdi.  2016 yilda mamlakatimizda Osiyo regbi federatsiyasining Kengashi o‘tkazildi va unda qit’amizning barcha milliy federatsiyalar vakillari ishtirok etishdi. Mazkur tadbir davomida poytaxtimizga shuningdek, World Rugby xalqaro tashkiloti prezidenti Bernard Lappaset ham tashrif buyurdi va yurtimizdagi mavjud sport infratuzilmasi bilan bevosita tanishdi. 2017 yil davomida terma jamoamiz a’zolari Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va Qirg‘iziston kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro turnirlar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishdi. Yana bir muhim jihati, bugungi kunga kelib O‘zbekiston regbi federatsiyasiga Osiyo regbi federatsiyasi rahbarlarining ishonchi ortganligiga ham guvoh bo‘lishimiz mumkin. Konferensiyada O‘zbekiston regbi federatsiyasining faoliyati qoniqarli deb baholandi. Shundan so‘ng, Federatsiya rahbariyatini saylash marosimi bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda Federatsiyaga rahbarlik qilib kelgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Salixovich Safoyev bir ovozdan Federatsiya prezidenti lavozimiga navbatdagi muddatga qayta saylandi. Mudofaa vazirligi mas’ul xodimi Shuhrat Akramovich Ikromov Federatsiyaning birinchi vitse-prezidenti, Qahramon Hakimovich Djalilov esa vitse-prezidenti lavozimlariga saylanishdi. Federatsiya Bosh kotibi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Jasur Artikov ham o‘z lavozimiga qayta tayinlandi va ishini davom ettiradigan bo‘ldi. Konferensiya yakunida O‘zbekiston regbi federatsiyasi prezidenti Sodiq Safoyev so‘z olib, hamkorlik uchun Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasiga minnatdorchilik izhor qildi. Yurtimizda regbi sportini yanada rivojlantirish borasida ustuvor vazifalar hususida gapirdi. Shuning bilan O‘zbekiston regbi federatsiyasining navbatdagi IX hisobot-saylov Konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

 

Qaysi sport turi bilan muntazam shug'ullanib borasiz ? (38)
2018 yil - faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI

Saytning oxirgi yangilanishi:
19.01.2018 | 16:18

Biz bilan bog'lanish

  • "Ishonch telefoni" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • "Yagona telefon" raqami:+998 (71) 239-24-39
  • Ish kunlari (shanba va yakshanbadan tashqari) 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
  • "Ishonch telefoni" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • "Yagona telefon" orqali murojaatlarni ko'rib chiqish yo'riqnomasi.
  • Yuridik manzil: O‘zbekiston, Toshkent shahar, 100060, Amir Temur ko‘chasi, 17-uy
  • E-mail: info@goskomsport.uz
  • Telefon: (99871) 239-24-07
  • Faks:  (99871) 239-24-07, 239-24-39
  • Mo'ljal:  Amir-Temur hiyoboni
  • Transportlar:
    • Avtobuslar: 85,51
    • Marshrut taksilar: 17, 62, 95, 152, 153, 169